20:24 / 20.07.2017
8919

Erdo‘g‘an: Al-Aqsoning himoyasi butun islom dunyosi uchun katta ahamiyatga ega

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an falastinlik hamkasbi Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqotda Isroilning Falastin aholisiga nisbatan huquqbuzarliklarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Anadolu” Turkiya davlat rahbari ma'muriyatidagi manbalarga asosan.

Suhbat bugun ertalab bo‘lib o‘tgan.

Tomonlar Isroilning Falastin aholisiga nisbatan huquqbuzarliklari sonining ortishi masalasi bo‘yicha fikr almashishgan.

Erdo‘g‘an Isroil hukumatining Al-Aqso masjidini tashrif buyurish uchun cheklab qo‘yish bo‘yicha harakatlarini qabul qilib bo‘lmaydi, deb atagan. «Al-Aqsoning himoyasi butun islom dunyosi uchun katta ahamiyatga ega», - deya ta'kidlab o‘tdi Turkiya prezidenti.

O‘z navbatida, Abbos hamkasbiga Falastin masalasidagi tushunish va ziyraklik uchun minnatdorlik bildirdi.

Avvalroq AQSh Al-Qudsdagi keskin vaziyatdan tashvishda ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top