Jahon | 09:02 / 22.07.2017
7911
1 daqiqa o‘qiladi

Interpol IShIDning hujum qilishi mumkin bo‘lgan 173 terrorchisi ro‘yxatini tuzdi

Foto: grantist

Interpol IShIDning 173 xudkush-terrorchisidan iborat ro‘yxatni e'lon qildi. Ular Yevropaga hujumlarni amalga oshirish maqsadida kirib kelishi mumkin. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, AQSh razvedkasi tomonidan Suriya va Iroqdagi amaliyotlar davomida olingan ma'lumot ro‘yxat tuzilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.

Ro‘yxatga qo‘lbola portlovchi qurilmalarni qotilliklar va jiddiy jarohatlar yetkazish maqsadida yaratish hamda joylashtirishga o‘rgangan jangarilar kiritilgan.

Nashrning ta'kidlashicha, hozirgi paytda ko‘rsatilgan terrorchilar Yevropaga kelgan yoki kelmagani noma'lumligicha qolmoqda.

Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi IShIDga qarshi sanksiya ro‘yxatini kengaytirgani xabar berildi.

Mavzuga oid