Light | 16:30 / 26.07.2017
85099
2 daqiqa o‘qiladi

Asablarni tinchlantirishga yordam beruvchi 4 usul

Uncha murakkab bo‘lmagan usullar sizga muhim tadbir oldidan yoki og‘ir ish kunidan so‘ng asablaringizni tinchlantirishga yordam beradi.

O‘ziga xos an'ana o‘ylab toping

Xayolda hisoblash yoki qog‘ozdan shaklchalar yasash kabi oddiy harakatlar diqqatni bir joyga jamlashda yordam beradi. Sizga eng ko‘p yoqadigan mashg‘ulotni tanlang, hamda uni o‘zingizning maxsus an'anangizga aylantiring. Masalan, asablarni tinchlantirish uchun 100gacha sanashni boshlang.

Vaziyatga boshqacha nigoh bilan qarang

Nimadir rejadagidek ketmagani va kimdandir alamingizni olganingiz yoki ko‘zingizga yosh kelgani uchun o‘zingizni qiynamang. O‘zingizni haddan tashqari hissiyotlarga beriluvchan, deb o‘ylamang. Bu sizga faqat salbiy kayfiyatlar keltiradi.

Ro‘y bergan holatga boshqacha nigoh bilan qarang. Sizning o‘z hissiyotlaringizni ko‘rsatganingiz, asabingiz buzilishiga sabab bo‘lgan narsaga bee'tibor emasligingizni ko‘rsatadi – shug‘ullanayotgan ishingiz yoki siz janjallashgan insonga.

Kelajak haqida o‘ylang

Hozir sizga tinchlanish uchun juda qiyin bo‘lishi mumkin. Biroq, tasavvur qilib ko‘ring, bir yildan keyin shu holatga qanday qaraysiz. U shu qadar muhim bo‘lib ko‘rinadimi? Asablaringizni ketkazishga arzirmikan?

Sayr qiling

Agarda hech narsa yordam bermayotgan bo‘lsa, shunchaki sayrga chiqing. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oddiy sayr ham xayollarni bir joyga keltirishda, vaziyatga boshqacha nigoh bilan qarashda va stressdan qutulishda yordam beradi. Bog‘ yoki sayilgohga borish shart emas, uyingiz yoki ishxonangiz yonida biroz aylanib yurishingizning o‘zi yetarli.

Mavzuga oid