Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari soni qisqartirildi

1 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi №PQ-3168 soni qarori imzolandi. Qaror matni prezidentning rasmiy saytida e'lon qilingan.
Qaror matniga ko‘ra, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi «Soliq ma'muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5116-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan.
Qarorda Davlat soliq qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparatining tuzilmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining, shuningdek, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmalari tasdiqlangan.
Shuningdek, Davlat soliq xizmati hududiy organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni tasdiqlanmoqda.
Jumladan, Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 12.131 nafar, shu jumladan, markaziy apparatda 263 nafar etib belgilangan, shundan 12.056 nafari O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjyetidan, 75 nafari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qo‘yilmoqda.
Ma'lumot uchun, 1994 yilning 4 martida Davlat soliq qo‘mitasi tashkil etilganda qo‘mitaning cheklangan xodimlari soni 15400 nafar edi. 1998 yil 12 yanvarda esa DSQning xodimlari cheklangan soni bekor qilingan, ya'ni qo‘mita istalgancha shtat kengaytirishi mumkin bo‘lgan. Shu vaqtgacha qo‘mita xodimlari soni qancha bo‘lgani aytilmasdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, endilikda xodimlar soni teng yarmiga qisqargan.
Eslatib o‘tamiz, 12 iyulda o‘tkazilgan videoselektorda prezident Soliq tizimida jiddiy o‘zgarish bo‘lishini aytgandi. Shundan so‘ng, Soliq qo‘mitasi tugatilib, uning faoliyati Moliya vazirligi yoki bosh prokuratura tarkibiga o‘tkazilishi haqida xabar paydo bo‘ldi. Ammo ko‘p o‘tmasdan qo‘mita bu xabarni rad etdi.
So‘nggi yangiliklar
-
Hikmat Travel 28 oktyabrdan qo‘shimcha Umra ziyorati safarlarini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 18:59 / 22.09.2025
-
1-kurslar kontrakt to‘lovi miqdorining kamida 25 foizini 30 oktyabrgacha to‘lashi mumkin
Ta’lim | 10:39
-
Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 6-o‘ringa tushdi
O‘zbekiston | 10:11
-
Prezident JSTga a’zo bo‘lish jarayoni muvaffaqiyatli kechayotganini qayd etdi
O‘zbekiston | 09:51
Mavzuga oid

18:59 / 20.08.2025
Prezident tadbirkorlar bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha farmon imzoladi

17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi

12:11 / 08.01.2025
2024 yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi

13:45 / 07.01.2025