Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qo‘mitasi raddiya berdi: Qo‘mita mustaqil faoliyatini davom ettiradi

O‘zbekistonda soliq ma'muriyatchiligi qayta ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Prezidentining «Soliq ma'muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida keltirilgan.
Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati qo‘mita faoliyati keskin o‘zgarishi haqidagi xabarlarga raddiya berdi.
O‘zbekistonda Davlat soliq qo‘mitasida o‘zgarishlar kutilayotgani, qo‘mita Moliya vazirligi yoki Bosh prokuratura tarkibiga o‘tkazilishi mumkinligi haqida ma'lumotlar tasdiqlanmadi.
«Soliq qo‘mitasi tashkiliy jihatdan boshqa biron vazirlikka bo‘ysundirilmaydi. Qo‘mitaning avvalgi maqomi saqlanib qoladi - avvalgidek Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi mustaqil, alohida qo‘mita. Prezident farmoniga ko‘ra, qo‘mita faoliyati yanada takomillashtirilib, modernizatsiyalashtiriladi. Sohaga axborot texnologiyalari jalb etiladi», dedi «Kun» muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan qo‘mita matbuot kotibi.
Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi tuzilmasida quyidagicha o‘zgarishlar ro‘y bergan.
Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish bo‘yicha maxsus boshqarma negizida Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi tashkil etildi.
Axborot-tahlil bosh boshqarmasining Texnik boshqarmasi negizida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bosh boshqarmasi tuzildi.
Axborot-tahlil bosh boshqarmasi Tahlil va prognozlashtirish bosh boshqarmasiga, Soliq solish metodologiyasi boshqarmasi Metodologiya va soliq organlarini modernizatsiya qilish boshqarmasiga, Axborot xizmati Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limiga, Yuridik bo‘lim Yuridik boshqarmaga aylantirildi va uning tarkibida Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarida tegishli bo‘linmalari (sho‘'balari) bo‘lgan soliq nizolarini sudgacha hal etish bo‘limi ochildi.
Soliq organlari faoliyatiga zamonaviy AKTni joriy etish uchun mas'ul bo‘lgan DSQ raisining o‘rinbosari — AKT bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy etildi.
1 yanvardan boshlab davlat soliq xizmati organlari xodimlari turar joy ijarasi uchun har oylik pulli badal va imtiyozli shartlar asosida turar joy xarid qilish uchun uzoq muddatlik ipoteka kreditlarini olish huquqidan foydalanishlari mumkin. Ushbu huquqdan ayni damda sudyalar va prokuratura organlari xodimlari foydalanib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26 / 12.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53 / 11.08.2025
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53 / 11.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Telegraph: Tramp Rossiyaga Alyaskada minerallar qazib olishni taklif qilmoqchi
Jahon | 01:13
-
Ukraina Pokrovsk atrofidagi hududlardan aholini evakuatsiya qilishni boshladi – OAV
Jahon | 00:41
-
Jennifer Lopesning Qozog‘istondagi konsertlari mamlakatga 12 ming sayyohni olib kelgani aytildi
Jahon | 00:28
-
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
Ta’lim | 00:13
Mavzuga oid

13:02 / 21.08.2024
Sud «Ozodlik»ka 100 mln so‘m to‘lash va «gaz chayqovchisi» haqidagi surishtiruv bo‘yicha raddiya e’lon qilishni yukladi

11:00 / 10.06.2021
«Kafka ham xijolat!» - Yangiyo‘l tumani soliq inspeksiyasi mantiqsizlik bilan qurollanib, fermerlarni «o‘ldirmoqchi»

11:53 / 25.05.2021
Soliq qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

11:19 / 14.12.2020