Dubaydagi Movenpick mehmonxonasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Gulf News xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, yong‘in tezda nazoratga olingan. Mehmonxona ma'muriyatining xabar berishicha, barcha mehmonlar xavfsiz joyga ko‘chirildi, hech kim jabrlanmagan.
Ayni damda barcha turistlar va mehmonxona xodimlari binoga qaytib kirishgan.
Avvalroq Dubayda dunyodagi eng baland binolardan birida yong‘in yuz bergani xabar qilingandi.
Fire at the Mövenpick. Hope everyone is safe! #Dubai pic.twitter.com/Ys37ZZE2Pe
— Tinia Nassif (@webteee) August 7, 2017






