Dubayda dunyodagi eng baland binolardan biri – 79 qavatli The Torch binosida yonğin çiqdi. 

Şahar politsiyasida ma'lum qilinişiça, yonğin balandligi 348 metr bölgan turar joy binosining 9-qavatida boşlanib, bir neça qavat yuqoriga tarqalgan.

Dubay hukumati matbuot markazi Dubai Media Office’ning ma'lum qilişiça, fuqarolik mudofaasi xizmati binodagi odamlarni muvaffaqiyatli evakuatsiya qilgan va yonğinni nazorat ostiga oliş ustida işlamoqda. Ta'kidlanişiça, qurbonlar va jarohatlangan yöq. 

“Dubay maş'alasi” deb ham ataluvçi bu bino birinçi marta yonayotgani yöq. Bu binoda 2015 yil fevralda  ham kuçli yonğin çiqqan. Öşanda is gazidan 7 kişi zaharlangan, 101 ta kvartiraga jiddiy şikast yetgandi.

Bino 2011 yilda oçilganda dunyodagi eng baland turar joy binosi hisoblanardi, hozirda esa 5-örinni egallamoqda. The Torch Dubayning eng nufuzli tumanlaridan biri, köplab xorijliklar yaşaydigan Marinada joylaşgan.