«Guam – bu Amerikaning yeridir. Biz shunchaki harbiy qurilma emasmiz», - degan Kalvo.
Kalvoning ma'lum qilishicha, u Oq uy va xavfsizlik xizmati bilan ham bog‘langan bo‘lib, u yerda unga «tahdid darajasi o‘zgarmaganini» xabar berishgan.
Shuningdek, gubernator Guam harbiy rahbariyati bilan ularning «tayyorgarligini» muhokama qilish maqsadida uchrashmoqchi.
Guam hududidan kongressmen Madlen Bordalloning ma'lum qilishicha esa, amerikalik harbiy xizmatchilarning hududni Shimoliy Koreya tomonidan «chuqur xavotirga sabab bo‘layotgan» tahdiddan himoya qila olish bo‘yicha imkoniyatlariga ishonchi komil.
Shuningdek, u Amerika prezidenti Donald Trampni «qat'iy yetakchilikni» ko‘rsatish va xalqaro hamjamiyat bilan keskinlikni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlik qilishga chaqirdi.
Avvalroq Shimoliy Koreya AQShning Guamdagi bazasiga zarba berish rejasini tuzayotgani xabar berilgandi.










