Şimoliy Koreya AQŞ strategik bombardimonçilarining Guam orolidagi AQŞ bazasidan parvoz qilişiga javoban bu baza joylaşgan hududga raketa zarbasi beriş rejasini tuzmoqda. Şimoliy Koreya armiyasi strategik kuçlarining bunday bayonotini Şimoliy Koreyaning KCNA agentligi tarqatdi.
Bayonotda AQŞ hukumati Koreya yarimorolidagi vaziyatni keskinlaştirişda ayblangan. Pxenyan buning isboti sifatida Minuteman III ballistik raketa sinovini va AQŞ strategik bombardimonçilarining mintaqada muntazam parvozlarini keltirdi. "AQŞning bunday harbiy manyovrlari Koreya yarimorolidagi favqulodda keskin vaziyat şaroitida xavfli mojaro keltirib çiqarişi mumkin", deb ogohlantirgan Pxenyan.
Bayonotda aytilişiça, AQŞ uçun Şimoliy Koreyaga bostirib kirişda "boşlanğiç nuqta" bölib Tinç okeanida joylaşgan Guam orolidagi baza hisoblanadi. Şu sababli Şimoliy Koreya armiyasi "bu bazani yöq qiliş böyiça amaliy çoralar köradi", deyilgan xabarda.
Bayonotda, şuningdek, Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In AQŞ tajovvuzini uşlab turiş rejasini tuzişga buyruq bergan. "Şimoliy Koreya strategik kuçlari Guam oroliga örta masofalarga möljallangan "Xvason-12" ballistik raketasi bilan zarba beriş böyiça tezkor rejani batafsil örganmoqda", deyilgan bayonotda.
Yaqin orada bu reja Şimoliy Koreyaning oliy harbiy qömondonligiga taqdim qilinadi. "U Şimoliy Koreya yadroviy kuçlari boş qömondoni Kim Çen In buyruq berişi bilanoq istalgan vaqtda amalga oşiriladi", deb aytilgan Pxenyanda.
Osiyo-Tinç okeani mintaqasi davlatlarining Maniladagi uçraşuvida Şimoliy Koreya taşqi işlar vaziri Li Yun Xo Pxenyan "Vaşingtonga yadroviy qurol qöllagan holda ayovsiz saboq berib qöyişga" tayyorligini aytgan. Bundan keyin AQŞ prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreyadan AQŞga tahdid qilişni bas qilişni talab qilgan. Trampning aytişiça, aks holda Şimoliy Koreya "dunyo avval körmagan olov va ğazabga uçraydi".











