09:44 / 14.08.2017
5931

OAV: Tripolida Liviya sobiq bosh vazirini o‘g‘irlab ketishdi

Foto: Al-Arabiya

Liviya poytaxtida qurollangan jinoyatchilar mamlakat sobiq bosh vaziri Ali Zeydanni o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda Al Arabiya manbalarga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, jinoyatchilar sobiq bosh vazirni mehmonxonadan olib chiqishgan va noma'lum tomonga qarab ketib qolishgan.

Ali Zeydan 2013 yilda ham, bosh vazir lavozimida ishlayotganda o‘g‘irlab ketilgandi. Uni o‘sha kuniyoq qo‘yib yuborishgan.

Mavzuga oid
Top