15:26 / 14.08.2017
13907

Pekin AQSh bosim o‘tkazayotgani yuzasidan bayonot bilan chiqdi

Foto: AP

Koreya yarim orolining yadro muammosi va Xitoy hamda AQShning savdo munosabatlari bir biri bilan bog‘liq muammolar emas, hamda bu masalalardan biridan boshqasi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun bosim ko‘rsatish maqsadida foydalanish umuman nomaqbul. Bu haqda XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin dushanba kuni ma'lum qildi.

"Xitoy va AQShning hamkorligi manfaatlarni hurmat qilish va ikki tomonning xavotiriga asoslangan holda yo‘lga qo‘yilishi lozim. Koreya yarim orolining yadro muammosi va savdo-iqtisodiy masalalar turli narsalardir, AQSh hamda Xitoy har ikki yo‘nalishda hamkorlikni kuchaytirishi darkor. Hamda bu masalalardan birini boshqasi bo‘yicha bosim o‘tkazish vositasi sifatida qo‘llash nomaqbuldir", - deya ma'lum qildi diplomat.

Uning ta'kidlashicha, “savdo urushlari kabi o‘yinlarning kelajagi yo‘q, ular faqatgina ikki hissa zarar yetkazishi mumkin”.

"Pekin Xitoy va AQSh munosabatlari muhimligini e'tiborga olib, Vashington bilan iqtisodiy va savdo munosabatlarining sog‘lom hamda barqaror rivojini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shma sa'y-harakatlarni amalga oshirishga tayyor. Bu o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va manfaatga asoslangan bo‘lishi lozim", - deya ta'kidlab o‘tdi Xua Chunin.

Avvalroq Tramp Xitoyning huquqbuzarligini o‘rganish uchun tergov ishlarini boshlamoqchi ekani xabar berilgandi.

Top