AQŞ prezidenti Donald Tramp texnologik yutuq va intellektual mulk huquqlarini poymol etayotganlikda ayblanayotgan Xitoyga nisbatan tergov jarayonlarini boşlaşini bildirdi, deb xabar berdi Politico naşri.
Naşrning prezident ma'muriyatidagi manbasi bergan ma'lumotiga köra, Donald Tramp buni duşanba kuniyoq amalga oşirmoqçi. Bu jarayonda 1974 yil qabul qilingan "Savdo töğrisida"gi qonunning 301-moddasini amalda işlatiş rejalaştirilgan. Ikki tomon örtasida olib boriladigan savdo muzokaralarida AQŞ vakillaridan Robert Laytxayzer iştirok etişi kutilmoqda. Ayni qonun bandlari AQŞga bir tomonlama import yoki eksport kölamini çeklab qöyiş huquqini taqdim etadi.
Politico'ning yozişiça, AQŞ rasmiylari Xitoy tovarlariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni tezkorlik bilan qabul qilişi ehtimoldan uzoq. Şunga qaramay, Tramp ma'muriyati sekin-asta bu bosqiçni ham bosib ötadi.
Ma'lumot uçun, Xitoy dunyodagi eng katta temir resurslarini eksport qiluvçi davlatlar röyxatini boşqarib keladi. AQŞ tadbirkorlari bu turdagi mahsulotlarni Xitoy bozoridan taşqarida xarid qilib olişi katta foyda keltirmasligi turgan gap.
















