O‘zbekiston | 08:23 / 15.08.2017
22995
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident Hisob palatasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinladi

Foto: uzreport

Jamshid Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari rasmiy saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 14 avgustda bu haqdagi tegishli farmonni imzolagan.

Unga muvofiq Jamshid Abduhakimovich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Mavzuga oid