Jahon | 18:20 / 16.08.2017
5192
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya AQSh va Britaniyani terrorchilarga zaharli moddalarni yetkazib berishda aybladi

Foto: AP

Jangarilar tomonidan qoldirilgan omborxonalarda topilgan zaharli moddalarni terrorchilarga AQSh va Buyuk Britaniya yetkazib bergan. Suriya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Faysal Miqdod Damashqdagi matbuot anjumanida. 

"Barcha topilgan ashyolar qo‘l granatalari va granatomyotlarning o‘q dorilari bo‘lib, ular zaharlovchi CS va CN gazlari bilan to‘ldirilgan… Aniqlangan va slaydda namoyish etilgan kimyoviy o‘q-dorilar AQSh hududida "Federal Laboratories" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan... Zaharlovchi vositalar "Cherming Defence UK" (Buyuk Britaniya) va "NonLethal Technologies" (AQSh) kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan", — degan Miqdod.
 
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, kimyoviy zaharli moddalar jangarilarning Halabdagi boshpanalari va Damashqning ozod etilgan sharqiy tumanlarida aniqlangan. 

Mavzuga oid

E`lonlar