Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taxiatosh tumaniga hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdan tashqari birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.
Sessiyada tuman hokimi lavozimiga Farhod Embergenovich Allambergenovning nomzodi taklif etildi. Taklif etilgan nomzodni bir qator tuman Kengash deputatlari qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqishdi.
Sessiyada F.Allambergenov Taxiatosh tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, 9 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Xo‘jayli tumanining "Keneges", "Sarayko‘l" va "Naymanko‘l" mahallalari ham Taxiatosh shahri hududiga biriktirilib, Taxiatosh tumanini tuzishga rozilik berilgan edi.
Mavzuga oid
19:21 / 01.01.2026
Tuman hokimlari kengash raisi lavozimidan ketdi
21:33 / 22.12.2025
“Bizni tinch qo‘yishsa, ko‘proq hosil olamiz” – Kogonlik fermer o‘zi va hamkasblari qanday sharoitda ishlayotgani haqida
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
11:54 / 02.09.2025