Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasi va "Özbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy tuziliş masalalarini yeçiş tartibi haqida"gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining taklifi körib çiqilib, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengaşi 9 avgust kuni QQ-214-III sonli qaror qabul qildi, deb yozmoqda Kruz.uz.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşining 2017 yil 9 avgustdagi "Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida Taxiatoş tumanini tuziş haqida"gi 1004-III sonli qarori ma'lumot uçun qabul qilindi. 

Şuningdek,  Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Xöjayli tumanining "Keneges", "Sarayköl" va "Naymanköl" mahallalari ham Taxiatoş şahri hududiga biriktirilib, Taxiatoş tumanini tuzişga rozilik berildi. 

Mazkur qaror qabul qilingan kundan boşlab kuçga kirdi.