Kataloniya politsiyasi Barselonada markazida piyodalar ustiga mikroavtobusni haydab borgan haydovchining shaxsini aniqladi. Bu haqda politsiyaning tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.
«Barselonadagi hujumda foydalanilgan mikroavtobus haydovchisining shaxsi aniqlandi», - deyiladi xabarda.

Reuters’ning xabar qilishicha, gumonlanuvchi – 22 yoshli marokashlik Yunus Abuyoqub.
Uni qidirish ishlari butun Yevropa bo‘ylab olib borilmoqda.
Avvalroq Ispaniyada Barselonaga yana bir hujum uyushtirish uchun tayyorlab qo‘yilgan 120 ta gaz balloni topilgani xabar qilingandi.










