Ispaniyalik politsiyachilar Alkanar shahridagi uylardan birida taxminan 120 ta gaz ballonlarini topdi. Huquqni muhofaza qilish idorasi xodimlarining taxminicha, terrorchilar Barselonada yana bir hujum uyushtirish uchun portlovchi qurilmani tayyorlashmoqchi bo‘lgan. Bu haqda AFP politsiyaga asosan xabar qilmoqda.
— Shu aniq bo‘lmoqdaki, Alkanardagi uy ular Barselonada yana bitta yoki bir necha hujumni amalga oshirish uchun portlovchi qurilmani tayyorlagan joy bo‘lgan, — deya Kataloniya politsiyasi boshlig‘i Xosep Luis Traperoning so‘zlarini keltiradi nashr.
Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni Kataloniyada qator teraktlar yuz berdi. Hujumlar oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Hodisa uchun mas'uliyatni IShID o‘z zimmasiga oldi.











