Qirg‘iziston bosh vaziri iste'foga chiqdi
Mamlakat prezidentligi uchun asosiy nomzod bo‘lib turgan Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov iste'fo berdi. Bu uning saylovoldi poygasiga kirishishi bilan bog‘liq hisoblanadi.
«Bugun men lavozimni bo‘sh qoldirishga qaror qabul qildim. Men Qirg‘iziston prezidentini bu haqda xabardor qilaman. Bugun Markaziy Saylov Komissiyasi meni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi», - degan Jeenbekov hukumat yig‘ilishida.
May oyida Qirg‘iziston Sotsial-demokratik partiyasi(SDPK, amaldagi prezident Almazbek Atamboyev ham shu partiya vakili) Jeenbekov nomzodini shu yilning 15 oktabrida bo‘lib o‘tadigan saylovlar uchun ilgari surgandi.
Yangi hukumat saylangunga qadar bosh vazir vazifasini bosh vazir o‘rinbosari Muxammetkali Abulgaziyev bajarib turadi.
Qirg‘izistonning amaldagi prezidenti Almazbek Atamboyev 2011 yilda saylangan, konstitutsiyaga ko‘ra u keyingi 6 yil muddatga saylanishi mumkin emas.
Navbatdagi prezidentlik saylovlarida bir qancha siyosatchilar o‘z nomzodini qo‘ygan; prezidentlik poygasida yaqqol favorit yo‘q. Davlatning avvalgi rahbari Kurmanbek Bakiyev hokimiyatdan chetlatilgandi.
Mamlakatning sobiq bosh vaziri Temir Sariyev va «Respublika Ota Yurt» partiyasi qurultoyi parlamentdagi muxolifat yetakchisi, Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Omurbek Babanov (U Qirg‘izistonning eng badavlat shaxslaridan biri) ham saylovda nomzod.
«Ota Makon» sotsial-demokratik partiyasi mart oyida parlamentdagi deputati Omurbek Tekebayev nomzodini prezidentlik uchun nomzod qilgandi. Ammo Atamboyevning tanqidchisi sifatida mashhur bo‘lgan bu siyosatchi o‘tgan haftada 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Tekebayevga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga rossiyalik tadbirkor Leonid Mayevskiyning arizasi sabab bo‘lgan. Arizaga ko‘ra, rossiyalik 2010 yilda Tekebayevga muvaqqat hukumat milliylashtirgan MegaCom uyali aloqa operatorini sotish masalasini ijobiy hal qilish uchun 1 mln dollar bergan.
Qirg‘izistonda prezidentlik poygasiga 40 dan ortiq nomzod kirishdi
Mavzuga oid
19:00 / 11.02.2022
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Jeenbekovning qudasi hibsga olindi
21:10 / 12.08.2021
Sooronbay Jeenbekov milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan so‘roq qilindi
19:14 / 02.03.2021
Qirg‘izistonda sobiq prezidentning qudasiga qarshi jinoyat ishi ochildi
15:20 / 17.10.2020