Qirğiziston Markaziy saylov komissiyasiga 40 dan ortiq nomzod prezidentlik saylovlarida iştirok etiş böyiça ariza yubordi. Bu haqda RIA Novosti respublika MSK matbuot xizmati vakiliga asosan xabar bergan.
Qirğizistonda 15 oktabrga belgilangan prezidentlik saylovlarida iştirok etiş uçun nomzodlarni ilgari suriş davom etmoqda. Oliy davlat lavozimi uçun da'vogarlar röyxatdan ötiş uçun aholining 30 ming imzosini yiğişi va MSK hisob raqamiga taxminan 15 ming dollar miqdoridagi saylov pulini tölaşi lozim. Nomzodlarni ilgari suriş 31 avgustga qadar davom etadi.
"Bugungi kunga kelib, Markaziy saylov komissiyasiga 33 fuqarodan ariza kelib tuşdi, şuningdek, siyosiy partiyalar 8 nafar nomzodini ilgari surdi", - deya xabar qilgan agentlik suhbatdoşi.
Nomzodlarni til böyiça testdan ötkaziş 26 iyul kuni boşlandi hamda bu borada birinçi mojaro ham yuz berdi. Parlamentdagi “Ota-Makon” muxolifat partiyasi yetakçi Omurbek Tekebayev testga korrupsiyada gumonlanganlik böyiça jinoiy iş doirasida tergov izolyatorida qolayotgani tufayli kelmagan. Şuningdek, tergov izolyatorida mamlakatning oliy lavozimi uçun da'vogar bölgan yana uç nomzod bor. Respublika nodavlat taşkilotlari hukumatga yoqmaydigan nomzodlar tanlov huquqini amalga oşira olmasligidan taşvişda ekanini bildirdi va MSKdan poyganing barça iştirokçilari uçun teng şaroitlar bilan ta'minlaşni talab qildi.
Qirğiziston konstitutsiyasiga köra, mamlakat prezidenti bitta olti yillik muddatga saylanadi. Bir kişi öz hayoti davomida faqatgina bir marta oliy lavozimni egallaşi mumkin. Amaldagi davlat rahbari Almazbek Atamboyevning prezidentlik muddati joriy yilning 1 dekabr kuni yakuniga yetadi.











