19:47 / 24.08.2017
14742

Xorazmda qo‘shnining ogohligi inson hayotini saqlab qoldi

2017 yil 22 avgust kuni Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Urganch shahrida yashovchi fuqaro Sh.E. tomonidan qo‘shnisi B.L. 4-5 kundan buyon ko‘rinmay qolganligi haqida murojaat kelib tushdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Mazkur murojaatga asosan, navbatchilikda bo‘lgan qutqaruvchilar zudlik bilan belgilangan manzilga yetib bordi. Qutqaruvchilar mahalla raisi va qo‘shnilar ishtirokida B.L. uyining temir eshigini maxsus asbob-anjomlar yordamida ochganida, fuqaro uyining ichida betob holda yotganligi aniqlandi. Qutqaruvchilar tomonidan unga birinchi yordam amalga oshirildi hamda shifokorlarni chaqirib bemorga malakali tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Qo‘shnilarning hushyorligi hamda qutqaruvchilarning xatti-harakatlari natijasida bir insonning hayoti asrab qolindi.

Top