-56 kg: Murodjon Ahmadaliyev (O‘zbekiston) - Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston) (soat 18:25)

-64 kg: Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Jon Guterres (Kolumbiya) (soat 19:15)

-91 kg: Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Yara Peralta (Argentina) (soat 20:15)

-49 kg: Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Robinson Rodriges (Kosta Rika) (soat 22:15)

-75 kg: Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Aziz Ochilov (Turkmaniston) (soat 23:15).

Musobaqaning birinchi va ikkinchi kunlarida ikki o‘zbekistonlik birinchi janglarini o‘tkazdi. Dastlab 25 avgust kuni -91 kilogramm vazn toifasidagi Sanjar Tursunov  nikaragualik Jyeffri Gonsalesga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. U ishtirokini 1-bosqichdan boshlagandi.

26 avgust kuni esa -52 vazn toifasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan holda Germaniyaga kelgan Jasurbek Latipov Puerto-Riko vakili Yankiel Riverani 5:0 hisobida mag‘lub etdi.