Sport | 21:22 / 24.08.2017
37292
2 daqiqa o‘qiladi

Ertaga boks bo‘yicha JCh boshlanadi. Bahslar UzReport tomonidan translyatsiya qilinadi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

25 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo‘yicha 19-Jahon chempionati boshlanadi va 2 sentabrga qadar davom etadi.
 
Unda Kuba, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina, Angliya, Fransiya kabi mamlakatlar qatorida jami 195 mamlakatdan kelgan bokschilar o‘zaro kuch sinashadilar. O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari ham Jahon chempionatida barcha vazn toifasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishgan.
 
O‘zbekistondagi boks muxlislarining talab va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, UZREPORT TV telekanali ushbu Jahon chempionatini eksklyuziv tarzda translyatsiya qilish huquqini xarid qildi.
 
Telekanal 25 avgustdan boshlab terma jamoa a'zolari hamda jahonning yetakchi bokschilari ishtirokidagi qiziqarli janglarni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatini taqdim etadi. 

Jahon chempionatida Rio-2016 Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari bilan bir qatorda, o‘z vazn toifasida O‘zbekistonda eng kuchli bo‘lib turgan bokschilar yurt sharafini himoya qilishadi. Bokschilarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin:
 
-49 kg: Hasanboy Do‘smatov
-52 kg: Jasur Latipov
-56 kg: Murod Ahmadaliyev
-60 kg: Elnur Abduraimov
-64 kg: Iqbol Xoldorov
-69 kg: Shahram G‘iyosov
-75 kg: Isroil Madrimov
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid