Jahon | 10:48 / 28.08.2017
4871
1 daqiqa o‘qiladi

Keniyada polietilen paketdan foydalanishga 38 ming dollarlik jarima belgilandi

Foto: Reuters

Keniyada polietilen paketlarga qo‘yilgan taqiq kuchga kirdi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».

Qonunga muvofiq, paketlarni sotib olish, tayyorlash, sotish va foydalanish uchun 38 ming dollargacha jarima belgilanishi yoki to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.

Hukumatdan ma'lum qilishlaricha, taqiq atrof-muhitni muhofaza qilishda yordam beradi.

Shu bilan birga, polietilen paket ishlab chiqaruvchilarining iddao etishicha, bunday taqiq sabab taxminan 80 ming kishi ishidan ayriladi.

Ta'kidlanishicha, keniyaliklar bir oyda 24 million dona paketdan foydalanadi. Keniyada bu plastik paketlarni taqiqlash bo‘yicha so‘nggi 10 yildagi uchinchi urinishdir.

Avvalroq olimlar polietilen paketchalarni yeydigan qurtlarni aniqlashgandi.

Mavzuga oid