18:39 / 29.08.2017
24626

Boks, JCh–2017: Hasanboy Do‘smatov chorakfinalda g‘olib chiqib, yarim finalga yo‘llanma oldi

Foto: AIBA

Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo‘yicha AIBA shafeligi ostida o‘tayotgan jahon chempionati chorak final o‘yinlari boshlandi. Ma'lumki, chorakfinal janglarida to‘qqiz nafar bokschimiz qatnashmoqda.

Dastlabki jangda 49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov  hindistonlik Amit Kumarga qarshi ringga chiqdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Bu esa Hasanboy eng kamida bronza medalni qo‘lga kiritganini bildiradi.

Chorakfinal janglarida qatnashayotgan qolgan bokschilarimiz quyidagi soatlarda ringga chiqishadi.

64 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 19:15

Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Artyom Harityunyan (Germaniya)

75 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 19:45

Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Troy Isli (AQSh)

91 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 20:15

Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Roy Korving (Niderlandiya)

52 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:15

Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Seyber Avila (Kolumbiya)

60 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:45

Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Otar Eranosyan (Gurjiston)

69 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:00

Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Pet MakKormak (Angliya)

81 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:30

Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Yerik Aljanov (Qozog‘iston)

91+ kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:55

Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamchibek Qo‘nqaboyev (Qozog‘iston)

Mavzu
Boks. JCh-2017

25 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida Boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasiga start berildi. 25 avgustdan 2 sentabrgacha Hamburg shahri AIBA World Boxing Championship-2017 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi kamsonli mamlakatlar singari to‘liq tarkibda ishtirok etadi. 

Barchasi
Top