Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning ma'lum qilishicha, so‘nggi raketa sinovlari «Guamga hujumning boshlanishidir».
Bu haqda «Ryonxap» Koreya Markaziy axborot agentligiga asosan xabar bermoqda.
Shimoliy Koreya yetakchisining ta'kidlashicha, ushbu mashqlar «Koreya xalq armiyasining Tinch okeanidagi harbiy amaliyoti va Guamni bosib turish bo‘yicha o‘ziga xos ilk qadamdir».
Shimoliy Koreya 29 avgust erta tongda Kim Chen In rahbarligi ostida birinchi marta Yaponiya hududi ustidan uchib o‘tgan raketa sinovini o‘tkazdi.











