Şimoliy Koreya 29 avgust erta tongda Kim Çen In rahbarligi ostida birinçi marta Yaponiya hududi ustidan uçib ötgan raketa sinovini ötkazdi. Raketa Yaponiyadan şarqqa tomon 1,2 ming km uzoqlikda Tinç okeaniga tuşgan. Şu sababli Tokio BMT Xavfsizlik kengaşining favqulodda yiğilişini çaqirtiriş jarayonini boşlaganini ma'lum qildi.
Bungaça Şimoliy Koreya raketasi 2009 yilda Yaponiya ustidan uçib ötgan. Biroq öşanda gap Şimoliy Koreyaning "Tepxodon-2" raketasi bilan sun'iy yöldoş uçirgani haqida ketgan. Kim Çen In esa Şimoliy Koreyaga 2011 yildan beri rahbarlik qiladi.
Raketa poytaxt Pxenyan yaqinidagi Sunan şahridan Yapon dengizi tomon otilgan. Ma'lumotlarga köra, raketa Yaponiyaning Xokkaydo oroli ustidan uçib ötib, 2,7 ming km lik masofani 550 km maksimal balandlikda ötgan. Yaponiya hukumati boş kotibi Yosixide Suganing aytişiça, raketa Xokkaydoning janubi-şarqiy qismidagi Erimo burnidan şarqqa tomon 1180 km uzoqroqqa tuşgan. Uning aytişiça, raketaning Yaponiya hududida bölaklari aniqlanmagan, biror zarar yetgani haqida ma'lumot berilmagan.
“Ryonxap” axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Janubiy Koreya harbiylarining fikriça, sinalgan raketa yoki örta masofalarga möljallangan “Xvason-12”, yoki 3 ming km gaça uça oladigan “Xvason-10” raketasi bölgan.
Yaponiya hukumati raketa uçirilişi munosabati bilan aholini ogohlantirgan va ulardan ehtiyot çoralari körişni söragan. Yaponiya şimoli-şarqida “Sinkansen” tezyurar poyezdlari qatnovi töxtatilgan. Ta'kidlanişiça, raketaning Yaponiya uzra uçib ötişi içki va taşqi aviaaloqaga ta'sir qilmagan.
Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe hukumat raketa uçirilişi munosabati bilan öz fuqarolarini himoya qiliş uçun barça işni amalga oşirişini aytgan.
Janubiy Koreya harbiylarining aytişiça, mamlakat qurolli kuçlari yuqori jangovar holatga keltirilgan.
Pentagonning rasmiy vakili Rob Menning raketa AQŞga xavf tuğdirmaganini aytgan.












