«O‘tgan haftada uning ketishi, Heyli esa bu lavozimni egallashi mumkin ekani haqida mish-mishlar avj oldi», - deya ma'lum qildi amaldor.
Nashrning xabar qilishicha, Tillersonning iste'fosi haqidagi mish-mishlarga uning so‘nggi vaqtlarda omma oldida kamroq ko‘rinish berayotgani va tashqi siyosatning muhim masalalari bo‘yicha bayonotlar bilan chiqmayotgani sabab bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, Heyli Eron yadro kelishuvi va KXDR raketa-yadro dasturi kabi masalalar bo‘yicha chiqish qilgan.
Shu bilan birga, Davlat departamenti vakili o‘z rahbari iste'foga chiqishi haqidagi mish-mishlarga izoh bermagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tillerson faol ish olib bormoqda.
Avvalroq The Washington Post nashri AQSh prezidenti Donald Tramp borgan sari davlat kotibi Reks Tillersondan ko‘ngli qolayotgani haqida yozgandi.










