18:43 / 07.09.2017
7517

Lotus o‘z tarixidagi eng tez avtomobilini ishlab chiqdi

Foto: motor.ru

Lotus kompaniyasi o‘z tarixida eng tez fuqaro avtomobilini barpo etdi. Evora modelining GT430 Sport modifikatsiyasi shunday natijaga sazovor bo‘ldi.

Sportkarga 3.5 l mexanik kuchaytirgichli, 6 silindrli motor o‘rnatilgan. 436 ot kuchiga ega bo‘ladi. U joyidan 100 km/soat tezlikka erishishi uchun 3,6 soniya sarflaydi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 315 kmni tashkil etadi.
 
Shu yilning iyul oyida kompaniya Evora GT430 trek namunasini namoyish etgan edi. U karbonli kuzovining aerodinamik obvesiga ega bo‘lgandi. Ayni avtomobil Sport namunasida obvesidan mahrum bo‘lgani sababli 10 kgga yengillashdi. Endilikda uning vazni 1248 kilogramm bo‘lib, quvvatning vaznga nisbatan nisbati bir tonnaga 345 ot kuchini tashkil etmoqda.

Foto: motor.ru

Eng yuqori tezlikda kuzovning bosilish kuchi Sport namunasida 100 kilogramm. Odatdagi GT430 sportkarining bu boradagi ko‘rsatkichi soatiga 305 km tezlikda 250 kilogrammdir. Shu bilan birga, Evora GT430 Sport trekli namunasidan boshqariluvchi Öhlins amortizatorlarini saqlab qoldi. 4 porshenli tormoz, yuqori ishqalanuvchi differensial va sozlanuvchi trekshn-kontrol shular jumlasidan.

Foto: motor.ru

Buyuk Britaniyada Evora GT430 Sport kupesi 104,5 ming funt sterling (1 mlrd 98 mln 960 ming so‘m-joriy kursda) turadi. Avtomat uzatmalar qutisi uchun yana 2,6 ming, Sparco o‘rindig‘i uchun 3,5 ming, konditsioner 1,5 ming, finjonqo‘ygich 120 funt (jami 7720 funt- 81 186 100 so‘m) to‘lash kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top