09:45 / 11.09.2017
5667

Texasda otishma oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Texasda yuz bergan otishma oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press Pleyno shahri politsiyasiga asosan.

Politsiya vakili Devid Tillining so‘zlariga ko‘ra, politsiya xodimlari o‘q tovushlari haqidagi xabarlardan so‘ng shahardagi uylardan biriga yetib kelishgan.

Politsiyachilar gumonlanuvchini uchratishgach, otishma boshlangan, natijada ikki zobit yaralandi, jinoyatchi esa voqea joyida halok bo‘ldi, deya xabar qilgan Tilli.

Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar shaxsi hozircha aniqlanmadi. Bu holat bo‘yicha tergov boshlandi.

28 avgust kuni Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Klovis shahrida joylashgan kutubxonada otishma ro‘y bergani, 2 kishi halok bo‘lib, 4 nafar inson shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi

Top