Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Meksikoda otishma ro‘y berdi, qurbonlar bor
Foto: valleynewslive.com
28 avgust kuni Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Klovis shahrida joylashgan kutubxonada otishma ro‘y berdi. Voqea natijasida 2 kishi halok bo‘ldi, 4 nafari shifoxonaga yotqizildi. Huffingtonpost shu haqida xabar berdi.
Yong‘in xizmati rahbari Maykl Nolenning ma'lum qilishicha, jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan bir kishi qo‘lga olingan. Kutubxona direktori Vanessa Agirrning so‘zlariga ko‘ra, noma'lum erkak kelib, havoga qarata o‘q uza boshlaganida u o‘z o‘g‘li bilan Klovis-Karterdagi ommaviy kutubxonada bo‘lgan.
Kutubxona xodimlari voqea bo‘yicha izoh bera olishmagan.
Klovis 40 ming aholiga ega shaharcha bo‘lib, u Albukerke sharqidan 306 km masofada, Texas chegarasi yaqinida joylashgan. AQSh Harbiy havo kuchlarining Kennon aviabazasi ham shu yerda joylashgan.
Mavzuga oid
22:19 / 19.04.2026
Ayova universitetida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir necha kishi yaralandi
23:32 / 16.04.2026
Bolalarni o‘ldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otishmalar tafsiloti
12:53 / 16.04.2026
Turkiyadagi maktabda ro‘y bergan otishma qurbonlari soni ortdi
18:05 / 15.04.2026