11:00 / 12.09.2017
7886

Xitoy: Koreya yarim orolida urush ro‘y berishiga yo‘l qo‘ymaymiz

Foto: RIA "Novosti"

XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuanning ma'lum qilishicha, Xitoy Koreya yarim orolida urush ro‘y berishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Bu haqda tashqi siyosat idorasi saytida xabar berildi.

«Koreya yarim oroli muammosi faqatgina tinch yo‘l bilan hal etilishi lozim, bu yerda harbiy choralar istisno etiladi. Xitoy yarim orolda urush va alg‘ov-dalg‘ovlik ro‘y berishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi», - deyiladi diplomatning bayonotida.

Xabarda ta'kidlanishicha, yuzaga kelgan inqirozga yechim topish uchun barcha manfaatdor tomonlarning o‘zaro harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi KXDRga qarshi sanksiyalarni bir ovozdan kuchaytirgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top