«KXDRning javob choralari AQShni, ular o‘z tarixida qachondir boshdan kechirgan og‘riqdan ham kattaroq azobga mubtalo qiladi», - deya ma'lum qildi Shimoliy Koreyaning Jyenevadagi elchisi Xen Tey Sun.
Kecha BMT Xavfsizlik kengashi KXDRga qarshi sanksiyalarni bir ovozdan kuchaytirdi.
Avvalroq esa Shimoliy Koreya tomonidan 3 sentabr kuni sinovdan o‘tkazilgan yadro zaryadi kuchi 250 kilotonnani tashkil etishi xabar berildi.











