Portal ma'lumotiga ko‘ra, Yadro sinovlarini butunlay taqiqlash to‘g‘risidagi kelishuv ekspertlari portlash magnitudasi haqidagi ma'lumotlarni qayta ko‘rib chiqishgan. Yangi taxminlarga ko‘ra, magnituda 6,1ni tashkil qilgan.
«Tegishli konstanta bilan standart formulani qo‘llash shuni ko‘rsatmoqdaki, endilikda quvvatni taxminan 250 kilotonnaga baholash mumkin (megatonnaning to‘rtdan bir qismi)», - deyiladi xabarda.
Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi KXDRga qarshi sanksiyalarni bir ovozdan kuchaytirgandi.











