Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Suriyadagi mojaroga yechim topish bo‘yicha muzokaralarning oltinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, muzokaralar sulhga kafolatchi davlatlar ishchi guruhlarining uchrashuvlari bilan boshlangan.

Uchrashuvlar yopiq tartibda o‘tmoqda. Rejalarga ko‘ra, avvaliga ikki tomonlama shakldagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, so‘ng uchrashuvga BMT vakillari kelib qo‘shiladi.

Shuningdek, xabar qilinishicha, muzokaralar uch kun davom etadi.

Avvalroq qurollangan Suriya muxolifati Ostonadagi muzokaralarda qatnashishi xabar berilgandi.