Yaponiya: KXDRga bosim misli ko‘rilmagan darajaga chiqadi

Foto: Reuters
Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining ogohlantirishicha, mamlakat AQSh va Janubiy Koreya bilan KXDR rahbariyatiga «misli ko‘rilmagan darajada» bosim o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Tomonlar KXDR tomonidan ro‘y berayotgan fitna harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi va so‘nggi raketa parvozi tufayli qat'iy choralarni ko‘rish haqida bir fikrga kelishdi. Bundan tashqari, tomonlar «Yaponiya-AQSh», «Yaponiya-AQSh-Janubiy Koreya» shakllarida qalin hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Bu shu paytgacha misli ko‘rilmagan darajada bosim o‘tkazish va KXDRni o‘z siyosatini o‘zgartirishga majburlash uchun kerak», - deya ma'lum qilishgan vazirlikdan.
Yaponiya tashqi siyosat idorasining bunday bayonoti mamlakat TIVning Osiyo va Okeaniya departamenti rahbari Kendzi Kanasuganing AQSh davlat departamentining KXDR masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jozef Yun hamda Janubiy Koreya TIVning Koreya yarim orolidagi tinchlik va xavfsizlik ishlari bo‘yicha maxsus vakili Kim Xon Gyun bilan o‘tkazgan muzokaralaridan so‘ng e'lon qilindi.
Avvalroq OAV BMT Xavfsizlik Kengashi bugun KXDR tufayli favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi haqida xabar bergandi.
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Britaniya gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni jadallashtiradi
O‘zbekiston | 11:45
-
Peskov: Agar nyuanslar hisobga olinsa, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozi
Jahon | 11:19
-
Starmer, Makron, Mers va Tusk Kiyevga yetib keldi
Jahon | 11:17
-
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
O‘zbekiston | 11:05
Mavzuga oid

17:46 / 09.05.2025
Kim Chen In rahbarligi ostida harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi

18:47 / 08.05.2025
FXX: Rossiyaga kelayotgan Shimoliy Koreya fuqarolari soni keskin kamaydi

21:14 / 05.05.2025
KXDR askarlarining urushdagi ishtiroki nega yashirildi-yu, nega endi tan olindi?

18:09 / 04.05.2025