«Al Qoida»dan ham dahshatliroq». Dunyodagi eng vahshiy mafiya
Mara Salvatruche, qisqacha qilib aytganda MS-13. Bu dunyodagi eng vahshiy to‘dalardan biri. Amerika filmlarida ular haqidagi epizodlarni ko‘p uchratamiz. Bu shunchalik dahshatli to‘daki, unga «Al Qoida»dan ham yomonroq deb ta'rif berishadi. RIA Novosti AQShda tarqalgan va terrorchilik tashkiloti deb ta'kidlanadigan MS-13 haqida material tayyorladi.

Ularning hayotdan maqsadi bitta – yo‘llarida chiqqanga dahshat solish. Hozirda bu gazandalar guruhi AQShning 42ta shtati va Lotin Amerikasining ba'zi davlatlarida «faoliyat yuritadi». Unga har xil ma'lumotlarga ko‘ra, 70 mingdan 100 ming kishigacha a'zo bo‘lgan. Asosiy daromad manbai Meksikadan noqonuniy olib o‘tiladigan narkotiklar savdosi. To‘daning asosiy maqsadi pul topish emas. Ularning odam o‘ldirishda bir necha xil «imzo»lari bor. Eng asosiysi esa… Ular ko‘pchilik qurbonlarining tanasiga 13 marta pichoq sanchishadi. O‘ldirilgan odamning yaqinlariga shu tariqa o‘zlari bilan o‘ynashmaslik kerak ekanini anglatishadi.
MS-13 atamasidagi 13 soni bu lotin alifbosida «M»ning 13-o‘rinda joylashgani bilan bog‘liq. «Mara» to‘da degani, umuman olganda, Mara Salvatruche «salvadorlik chumolilar to‘dasi», degan ma'noni bildiradi. Ha, tashkilotga Salvadordan kelgan muhojirlar asos solishgan.

Narkotik savdosidan tashqari bu gazandalar odam savdosi bilan ham shug‘ullanadi. 2002 yilda MS-13 tomonidan qilingan qabihlik barchani larzaga solgandi. O‘shanda terrorchilar ikki nafar nogiron qizning nomusiga tegishadi. Qizlardan biri nogironlik aravachasida bo‘lgan, ikkinchisining esa qulog‘i eshitmasdi. Mashhur bo‘lish uchun ular mana shunday iflosliklarga qo‘l urishadi.
To‘daning o‘lmas qoidasi bor – cho‘qindingmi, o‘lasan! Bu qoida hech qanday istisnosiz amal qiladi. Bu guruhga qo‘shilmoqchi bo‘lgan odamlarni o‘ziga xos tarzda sinovdan o‘tkazishadi. Yangi kelganni 13 soniya davomida barcha savalaydi, agar chidasa, navbatdagi bosqichga o‘tishadi. U to‘daga qo‘shilishi uchun biror kishini o‘ldirishi kerak bo‘ladi. To‘daga har xil yoshdan qabul qilishadi, ba'zida 8 yoshli bolalarni ham. MS-13 hech qanday aniq rahbar va strukturaga ega emas. Ularning shiori esa quyidagicha: «O‘ldir, zo‘rla, boshqar».

To‘daga a'zo bo‘lganlar o‘zlarini yashirib ham o‘tirishmaydi. Ularning butun yuzlarini qoplagan tatuirovkasi va oq-ko‘k to‘rtburchakli naqshi bor liboslaridan tanish mumkin. Guruhni Salvadordagi fuqarolar urushidan qochib kelgan zo‘ravonlar tashkil qilishgan. MS-13 tashkilotchilari yuqorida aytganimizday Salvadordan kelgan qochoqlardir. Ular AQShga qochib kelishganda qonuniy mehnat bilan shug‘ullana olishmaydi, mafiya olamida ham butunlay boshqa guruhlar yetakchilik qilishar edi. Lekin o‘tgan asrning 90-yillari avvalidagi o‘sha guruhlar urush ko‘rmagani uchun MS-13 bilan raqobatni osonlikcha boy beriishdi. Salvadorda haqiqiy urushni ko‘rgan vahshiylar Amerika «ko‘cha»larida dahshatga aylana borishadi.

Hukumat ularning yetakchilarini AQShdan deportatsiya qilgani esa to‘daning foydasiga ishlaydi. Ular mamlakatning o‘zida odam to‘play boshlashadi. Bu guruhning dahshati shunchalikki, Donald Tramp saylovoldi dasturida ularga to‘xtalgandi: «Bu guruh «Al Qoida»dan ham dahshatliroq. Ularni yo‘qotish kerak. Politsiya bezorilar bilan kurashda yumshoq bo‘lishni bas qilishi kerak».
To‘dadagilar o‘z tanalariga MS-13 nomi bilan birga uchta nuqtaning tasvirini tatuirovka qilib tushurishadi. Bu ularning oldindan borishi aniq bo‘lgan uchta manzildan birini anglatadi: kasalxona, qamoq va qabriston.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

21:51 / 11.02.2025
Italiyada mafiyaga qarshi yirik operatsiya o‘tkazildi

18:57 / 22.10.2024
Kolumbiyada Italiya mafiyasi yetakchisi qo‘lga olindi

10:15 / 15.05.2024
Italiyada mafiyaga a’zolikda gumon qilingan 100 dan ortiq kishi ushlandi

16:28 / 15.04.2024