Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov 22 sentabr kuni soat 17:00ga qadar paxtaga jalb qilingan talabalar, öqituvçilar va tibbiyot xodimlarini ortga qaytariş böyiça topşiriq berdi.

Endilikda fermer xöjaliklarida yetiştirilgan hosilni yiğib-terib oliş uçun aniq belgilangan çora-dasturlar va konsepsiya asosida aholi va «Fidoyi yoşlar otryadlari» jalb etiladi.

Toşkent şahrida bölib ötgan yoşlar masalalari böyiça respublika idoralararo kengaşi majlisining bayoni Boş vazir A.Aripov tomonidan 2017 yilning 19 sentabr kuni tasdiqlangan.

Unga köra, bir guruh uyuşmagan yoşlarning Yoşlar ittifoqi faollariga qilgan murojaati asosida Yoşlar ittifoqining har bir tuman (şahar) kesimida uyuşmagan yoşlarni mavsumiy iş bilan ta'minlaş orqali ularning moddiy ahvolini yaxşilaş maqsadida «Fidoyi yoşlar otryadlari» loyihasini taşkil etiş taklifi ma'qullangan:

- Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyat hokimliklariga bir kun muddatda tegişli hudud hokimining Yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosarlari rahbarligida IIB boşliqlarini yoşlar masalalari böyiça örinbosarlari, Yoşlar ittifoqi hududiy (mahalliy) Kengaşi raislari, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyati muvofiqlaştiriş böyiça hududiy Kengaşlari raislarining yoşlar masalalari böyiça örinbosarlaridan iborat paxta yiğim-terimiga uyuşmagan yoşlarni jalb etiş va terim işlarini taşkil etiş böyiça tegişli ştablarni taşkil etiş;

- uç kun muddatda Yoşlar ittifoqi bilan kelişgan holda har bir tuman (şahar) kesimida uyuşmagan yoşlar (18-30 yoş)dan iborat «Fidoyi yoşlar otryadlari» faoliyatini taşkil etiş, otryad a'zolari soni va tarkibini şakllantiriş, ularni 2017 yil paxta yiğim-terimi mavsumiga jalb etişga kömaklaşiş böyiça çora-tadbirlarni belgilaş;

- uç kun muddatda tuman sektor rahbarlari tomonidan biriktirilgan hududlarida «Fidoyi yoşlar otryadlari» rahbarlariga munosib tajribali, taşabbuskor va faol nomzodlarni tasdiqlab, paxta tozalaş korxonalariga taqdim etiş;

- uyuşmagan yoşlar otryadlari a'zolarini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va zaruriy transport vositalari bilan ta'minlaş, ularning xavfsizligi böyiça alohida çora-tadbirlarni belgilaş;

- «Özpaxtasanoateksport» holding kompaniyasi (Kamolov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Jörayev) bilan birgalikda uyuşmagan yoşlar otryadlari a'zolari uçun yotoq joylari va (palatka) şiyponlarni tayyorlaş;