Shu yilning noyabr oyida Toshkentda turkiyalik tadbirkorlar ishtirokida o‘zbek-turk biznes-forumi tashkil etiladi. Unda 100 ga yaqin turkiyalik tadbirkorlar ishtirok etishi kutilmoqda. XPKning navbatdagi majlisida ishtirok etgan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromovning qayd etishicha, shu kunlarda O‘zbek-Rossiya, O‘zbekiston-Tatariston biznes-forumlari tashkil etilgan.

“Bularning bari respublikada, keyinchalik, Davos forumi kabi turli yirik anjumanlarni o‘tkazishdan avvalgi tayyorgarlik hisoblanadi. Xususan, 2018 yil boshida Samarqandda yirik xalqaro biznes-forum o‘tkazish rejalashtirilgan”, - deya oydinlik kiritdi SSP raisi.

U turli mamlakatlar biznes olami vakillari bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikni rivojlantirish borasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham foydalanilayotganini aytib, videokonferents aloqa vositalari yordamida forumlar tashkil etilayotganini bildirdi.