Tailand sobiq bosh vaziri Yinglak Chinavat guruch sotib olish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirishga mas'uliyatsizlik bilan yondashgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.

Mamlakat Oliy sudi uni guruch sotib olish uchun ajratilgan sarmoya sxemasini noto‘g‘ri ishlatganlikda aybladi, bu Tailandga kamida 8 milliard dollarga tushgan.

Oliy sud sudyalari Yinglak soxtalashtirilgan bitimlardan xabardor bo‘lganligini ta'kidlashdi, biroq u ularni to‘xtatish uchun hech narsa qilmagan.

Avgust oyi oxirlarida OAV Tailand sobiq bosh vaziri Singapurga qochib ketgani haqida xabar bergandi.