Tailandning sobiq boş vaziri Yinglak Çinavat Singapurga qoçib ketdi. Bu u korrupsiya böyiça iş yuzasidan qaror e'lon qilinişiga kelmaganidan söng yuz bergan, deb yozmoqda Independent naşri uning tarafdorlari bayonotiga asosan.

Yinglak Çinavat 2011 yilda boş vazir lavozimini egallagan birinçi ayolga aylandi. U guruç garovi deb nomlangan dotatsiya dasturi bilan boğliq korrupsiya işida ayblanmoqda. 

U juma, 25 avgust kuni sudga kelişi kerak edi, biroq buni qilmadi. Uning himoyaçisi sözlariga köra, Çinavat quloğidagi infeksiya tufayli özini yomon his etgan, şu sababdan yiğilişni ötkazib yuborgan.

Avvalroq Tailandning korrupsiyada ayblangan sobiq boş vaziriga hukm öqiş keçiktirilgani xabar berilgandi. Sud sobiq boş vazirni qaror öqilişiga kelmagani uçun hibsga oliş uçun order bergan.