Qanday qilib o‘zining va boshqalarning vaqtni hurmat qilishni boshlash, yig‘ilishlardan maksimal darajada foydalanish va bezovta qiluvchi omillardan qutulish mumkin.

1. Tadbirdan 2 daqiqa oldin keling

Foto: Flickr

Apple’da har bir yig‘ilish rejalangan vaqtdan besh daqiqa o‘tib boshlanadi. Xodimlar buni «Apple’ning standart vaqti» (ingliz. Apple Standard Time) deb nomlashadi. Bu yangi ishchilar tanish bo‘lmagan norasmiy qoidadir. Shuning uchun ko‘pincha ular besh daqiqa o‘tirib, bir-birlariga hayron boqishadi va boshqalarning qayerdaligini bilmay boshlari qotadi. 

Bu qayerdan paydo bo‘lgani - noma'lum. Ehtimol, bir paytlar yuqori lavozimda bo‘lgan kishi shunchaki kech qolib kelgandir. Bu boshqalarning kech kelishi uchun juda yaxshi bahonaga aylandi va oxir-oqibatda korporativ madaniyatning bir qismi bo‘lgan an'ana ko‘rinishini oldi.

Bu to‘g‘ri emas. O‘zingiz va xodimlaringizning vaqtini olmang.

Eng yaxshisi – ish kunining boshida jadvalni ko‘rib chiqish va belgilangan uchrashuv vaqtidan bir necha daqiqa oldin kelish lozim.

2. Aniq vaqtni bilib yuring

Foto: Flickr

Tasavvur qiling, siz umumiy yig‘ilishdasiz. Ishchilardan birining nutqi eng «qaynoq» nuqtasiga chiqqan. Lekin siz o‘zingizning jadvalingizga qarab turibsiz, chunki besh daqiqadan so‘ng boshqa uchrashuvda bo‘lishingiz kerak. Shu sababdan siz asabiylashasiz va hisobotga bor e'tiborni qarata olmaysiz. Boshqalar uchun bu xatti-harakat chiqish qilayotgan odamning nutqi siz uchun muhim va qiziqarli narsa emasligini anglatadi.

Yig‘ilish boshlanishidan oldin, sizga ko‘rinib turadigan soat bor joyni toping. Shunday qilib, siz istalgan pallada aniq vaqtni bilib turishingiz mumkin. Hisobotda qisqa tanaffus qilingunga qadar kuting. Keyin boshqa joyga borish uchun bir necha daqiqangiz borligini ayting. Biroq, ushbu muhokamaga qaytishga va'da bering.