NASA: o‘lchami avtobus bilan barobar asteroid Yer yonidan uchib o‘tib ketdi

Foto: © EPA/PATRICK PLEUL
Olimlarning bergan ma'lumotlariga ko‘ra, osmon jismi sayyoramizdan 87 ming kilometr yaqinlikda uchib o‘tgan, deb yozadi TASS.
Avtobus kattaligidagi asteroid dushanba kuni to‘qnashish xavfini keltirib chiqarmasdan, Yer kurrasiga nisbatan yaqin masofada uchib o‘tgan. Bu haqda NASAning Kaliforniya shtati Pasadina reaktiv harakat laboratoriyasida joylashgan osmon jismlarini o‘rganish markazi xodimlari ma'lum qilishgan.
Markazning saytida e'lon qilinishicha, 2017 SX17 deb nomlangan asteroidning ko‘ndalang kesimi 6,3 metrdan 14 metrgacha yetadi. U Toshkent vaqti bilan soat 15:20da sayyoramiz va bizdan 384 ming kilometr uzoqlikda bo‘lgan Oy o‘rtasidan uchib o‘tib, Yerga 87 ming kilometrgacha yaqinlashgan.
Bu asteroid faqat 24 sentabrga kelib aniqlangan. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, u Quyosh atrofida 467 sutkada bir marta to‘liq aylanish hosil qiladi.
NASA mutaxassislari hozir katta qiziqish bilan boshqa bir asteroid — 2012 TC4ni kuzatishmoqda. U 12 oktabr kuni Yerdan 43,5 ming km masofadan uchib o‘tadi. Kosmik jismning diametri 12 dan 27 metrgacha yetadi va uni 2013 yilning 15 fevralida atmosferaga soniyasiga 18 km tezlikda uchib kirgan va 25 km balandlikda portlab ketgan Chelyabinsk meteoritiga qiyoslash mumkin. U meteoritning qulashi 90 kmgacha bo‘lgan masofada zarba to‘lqinlari tarqalishi bilan davom etgan.
Ayni paytda NASA ko‘ndalang kesimi 1 km.dan ortiq bo‘lgan, sayyoramizga potensial xavf soluvchi yirik asteroidlarning 93 foizini aniqlashgan. Taxminan mingdan ortiq ana shunday osmon jismlari Quyoshdan 195 mln. km uzoqlikda uchmoqda. Olimlar shuningdek, Yer orbitasi yaqinidagi o‘rtacha kattalikdagi (100 metrdan 1 km.gacha) asteroidlarning sonini ham aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan: ularning soni 19,5 mingdan ziyod ekan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Bolgariya mehnat migratsiyasi bo‘yicha bitim imzolashi mumkin
O‘zbekiston | 12:44
-
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
Jahon | 12:23
-
17 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:07
-
Dehqonlarga issiq havoda ekinlarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi
O‘zbekiston | 12:05
Mavzuga oid

01:03 / 08.05.2025
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin

23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi

23:01 / 22.04.2025
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi

23:45 / 13.04.2025