17:54 / 07.10.2017
28650

Imomali Rahmonning akasi vafot etdi

Foto: President.tj/Arxiv

Bugun, 7 oktabr kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmonning akasi Nuriddin Rahmon vafot etdi. 

Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Nuriddin Rahmon 67 yoshida yurak yetishmovchiligi tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

Prezident matbuot xizmatining ta'kidlashicha, Nuriddin Rahmon Xatlon viloyatining Dang‘ara tumanida tug‘ilgan va ko‘p yillar mexanizator bo‘lib ishlagan. So‘nggi vaqtlarda u «Rahmonjon» dehqon xo‘jaligiga rahbarlik qilib kelgan.

Tojikiston Respublikasi hukumati mamlakat rahbari Imomali Rahmonga akasining o‘limi munosabati bilan ta'ziya bildirdi.

Marhum Dang‘arada dafn etilishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonning uchinchi prezidenti Imomali Rahmon 5 oktabr kuni 65 yoshni qarshilagan edi.

Top