Tojikistonning uçinçi prezidenti Imomali Rahmon bugun 65 yoşni qarşilamoqda. U 1994 yilning 16 noyabridan beri qöşni davlat rahbari lavozimida işlab kelmoqda. «Millat peşvosi» titutiga ega. Töliq tituli «Tinçlik va milliy birlik asosçisi — Millat peşvosi» sifatida yangraydi.

Foto: NM.tj

Imomali Rahmon hozirgi Xatlon viloyati Danğara qişloğida 1952 yilning 5 oktabrida tavallud topgan. Oilada uçinçi öğil bölgan Imomali örta maktabni tugatgaç, Qörğontepadagi yoğ zavodida elektrçi bölib işlagan. 1971 yildan 1974 yilgaça Tinç Okeani flotida matros bölib xizmat qilgan, xizmatdan söng yana zavodga qaytgan, keyinroq sotuvçi bölib işlagan.  

Foto: 24smi.org

1982 yilda Imomali Rahmonov Duşanbe davlat universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.

1976 yildan 1988 yilgaça Kölob viloyati Danğara tumanidagi kolxozlardan birida kasaba uyuşmasi raisi sifatida işlagan, söngra kommunistik partiyaning turli organlarida lavozimga ega bölgan. 1988 yilning iyunida Imomali Rahmonov Danğara tumanidagi Lenin nomli sovxoz direktori etib tayinlanadi va şu lavozimda 1992 yilgaça faoliyat yuritadi.

1992 yilda Rahmonov Tojikiston SSR 12-çaqiriq Oliy Soveti deputati etib saylanadi. 1992 yilning 2 noyabridan 19 nobyariga qadar Kölob viloyat ijroiya qömitasi raisi lavozimida işlaydi. 1992 yil 27 noyabridan 1994 yil 16 noyabriga qadar Tojikiston Oliy Kengaşini raisi. 1994 yil 16 noyabridan Tojikiston prezidenti lavozimida özgarmasdan işlab kelmoqda.

1994 yilda Tojikistonda yangi konstitutsiya böyiça referendum va prezidentlik saylovlari ötkazilgan va unda Imomali Rahmonov 58,7 foiz ovoz töplab, ğolib çiqqan (yangi konstitutsiya uçun 95,7 foiz saylovçi yoqlab ovoz bergan).

2007 yilning 21 marti kuni Imomali Rahmonov tojik ziyolilari vakillari iştirokidagi yiğilişda çiqiş qila turib, «madaniy qadriyatlarga qaytiş, milliy toponimikadlan foydalaniş zaruriyati» haqida söz oçadi. Xususan, u öz ism-familiyasini özgartirişga qaror qiladi, özini Imomali Rahmonov emas, bundan keyin Imomali Rahmon deb ataşlari taklif etadi.