Mars sirtida Yerda hayot paydo bo‘lishini tushuntiruvchi «kalit» topildi
NASA astronavti Timoti Kopra tomonidan XKSdan tushirilgan Yer kurrasi ko‘rinishi
Marsdagi gidrotermal manbalarning topilishi «Yerda» hayot paydo bo‘lganini tushuntirish uchun «kalit» bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Amerika kosmik idorasidagilar shunday deyishmoqda.
«Modomiki biz hech qachon Marsda hayot borligini isbotlay olmasak ham, yangi ma'lumotlar bizga Yerda hayot paydo bo‘lgan muhit haqida hikoya qilib bera oladi», — dedi Hyustondagi NASA kosmik markazi xodimi Pol Nils.
Qadimda Marsdagi vulqonlar va turg‘un suv o‘sha paytda Yerda ham mavjud bo‘lgan sharoitlarni hosil qilishgan, deydi Nils.
Bu jarayonlar Qizil sayyorada 3,7 milliard yillar muqaddam ro‘y bergan. Aynan shu payt Yerda hayot paydo bo‘lishining boshlanishi deb hisoblab kelinadi.
Marsning Eridan hududidagi Yerda hayot paydo bo‘lishini tushuntirish uchun «kalit» bo‘lib xizmat qiluvchi chuqur suv yotqiziqlari
Ilgari sayyorashunoslar Mars sirtida suyuq suv okeanlari vulqonlar otilishi va asteroidlarning qulashi oqibatida emas, suv ichida to‘plangan «muzlagan» metanlarning ekzotik portlashi natijasida hosil bo‘lganini taxmin qilishgan edi. Olimlarning tegishli maqolasi «Nature Geoscience» jurnalida e'lon qilingan.
«Curiosity» marsyuraridan olingan ma'lumotlar, o‘z navbatida, NASA olimlariga Qizil sayyoraning ko‘llari mavjudlikning turli davrlarida qanday bo‘lganini aniqlash va ular milliardlab yillar mobaynida iliq va hayot paydo bo‘lishi uchun yaroqli bo‘lganini isbotlashda yordam berdi. Ularning xulosalari «Science» jurnalida e'lon qilingan.
So‘nggi yillarda olimlar qadimda Mars sirtida daryolar, ko‘llar va Yerdagi Shimoliy muz okeani sig‘imiga teng suyuqligi bo‘lgan butun bir okeanlar mavjud bo‘lganining ko‘plab ishoralarini topishgan.
Mavzuga oid
20:10 / 10.11.2024
XKSda qolgan astronavt keskin vazn yo‘qotmoqda
20:08 / 10.11.2024
Xitoyga tegishli marsoxod Marsda qadimiy okean izlarini topdi
11:30 / 07.11.2024
NASA Yupiterning eng tiniq suratlarini e’lon qildi
10:56 / 07.11.2024