Madrid Kataloniyaga ultimatum qo‘ydi

Foto: Reuters
Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy Kataloniya hukumatidan kataloniyaliklar yetakchisi Karles Puchdemonning so‘zlari orasidagi qarama-qarshilikni tushuntirib berishni talab qildi. U mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi hamda uni e'lon qilish muddatini ortga surdi, deya xabar qilishmoqda Ispaniya OAV.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda mustaqillik e'lon qilinsa, hukumat konstitutsiyaning 155-moddasini faollashtiradi, u esa Madridga Kataloniyaning o‘zini-o‘zi boshqarishini to‘xtatib qo‘yish imkonini beradi.
Ispaniya hukumati Vazirlar kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazmoqda, uning davomida Kataloniyadagi vaziyat tahlil qilinadi.
Hukumatning boshqa a'zolari ham Kataloniya hukumati bu «kecha bo‘lganini oq va qora rangda» yozib qo‘yishni talab qilishmoqda.
Avvalroq Ispaniya hukumati Kataloniyaning o‘zini-o‘zi boshqarishini to‘xtatishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

21:18 / 29.04.2025
Ispaniyada blekaut sabab besh kishi halok bo‘ldi

12:10 / 29.04.2025
Ispaniyada blekaut sababli favqulodda holat joriy qilindi

17:12 / 28.04.2025