Jahon | 17:01 / 11.10.2017
6295
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya hukumati Kataloniyaning o‘zini-o‘zi boshqarishini to‘xtatadi

Ispaniya hukumati Kataloniya muxtor o‘lkasi ma'muriyatidan ular mustaqillik e'lon qilgani yoki yo‘qligiga oydinlik kiritishni talab qiladi. Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy shunday bayonot bergan. 

Agar muxtoriyat Ispaniyadan ajralib chiqishga qaror qilgan bo‘lsa, rasmiy Madrid qirollik konstitutsiyasining 155-moddasidan foydalangan holda Kataloniyani qisman o‘z-o‘zini boshqarishdan mosuvo qilmoqchi. 

"Shu bilan fuqarolarga ishonchni taqdim etmoqchimiz", — deb qo‘shimcha qilgan Raxoy. Uning so‘zlariga ko‘ra, jyeneralitetning javobi hukumat qaroriga ta'sir ko‘rsatadi. 

Uning qayd etishicha, Kataloniya yetakchisi Karles Puchdemonning "qonuniylikni tiklash uchun" turli chaqiriqlarga javob berish imkoni bor. "Agar Puchdemon qonuniylikni hurmat qilsa, noqonuniylik va beqarorlik davriga chek qo‘yiladi. Kataloniya boshidan kechirayotgan vaziyatga barham beruvchi holatni barcha kutmoqda", — degan Ispaniya bosh vaziri. 

Kuni kecha Puchdemon Kataloniya mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagan edi. U 1 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasi mustaqil davlat tashkil etish huquqini berishini aytdi. Shu bilan birga, Puchdemon rasmiy Madrid bilan muloqotni boshlash maqsadida mustaqillik e'lon qilishni to‘xtatib turishni taklif qildi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid