Jahon | 09:00 / 11.10.2017
22649
3 daqiqa o‘qiladi

MDH sammitida qanday masalalar ko‘tariladi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin chorshanbada ish kunini sobiq Sovetlar Ittifoqi makonida hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlaydi. RF rahbari hamkasblari bilan MDH va YevrOsII sammitlarida ishtirok etadi.

MDH sammiti 

Sammit dasturi tor va kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvlarni, shuningdek yakuniy hujjatlarni imzolashni nazarda tutadi. «Kun tartibida beshta asosiy masala mavjud bo‘lib, 19 ta hujjat imzolanishi uchun tayyorlangan», - dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rejalangan qarorlar orasida - 2018 yilda raislik funksiyalarini Rossiyadan Tojikistonga topshirish kiradi. Shuningdek, sammit qatnashchilari davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazilishini muhokama qilishadi. «U 2018 yil oktabr oyining birinchi yarmida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda», - dedi u.

Rossiya prezidentining yordamchisiga ko‘ra, 2019 yilni MDHda Kitob yili, 2020 yilni esa – Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi, deb e'lon qilish to‘g‘risidagi qarorlar loyihasi ko‘rib chiqiladi. 2017 yil MDHda Oila yili, deb e'lon qilingani munosabati bilan davlat rahbarlari oila institutini va an'anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bayonotni qabul qilishlari kutilmoqda.

Sammitda Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston prezidenti ishtirok etadilar. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 15 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rayotgani tufayli mamlakat bosh vazirini yuboradi.

Ikki tomonlama uchrashuvlar

Seshanba kuni Putin Tojikiston va Moldova prezidentlari Imomali Rahmon hamda Igor Dodon bilan alohida muzokaralar o‘tkazdi. «Prezident Putin 11 oktabr kuni juda ham band bo‘ladi, ish kuni ikki tomonlama uchrashuvlar bilan boshlanadi - Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan, keyin esa O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkaziladi», - dedi Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan Sochida uchrashadi

Shavkat Mirziyoyev Cochi shahriga yetib bordi 

Mavzuga oid