11 oktabr kuni boşlanişi rejalaştirilgan MDH sammitidan avval Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning alohida tor doirada uçraşuvi bölib ötişi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov jurnalistlarga ma'lum qilgan.
Uşakovning aytişiça, ikki mamlakat rahbarlarining özaro uçraşuvida siyosiy, savdo-iqtisodiy munosabatlarga töxtalib ötilişi belgilangan. Şuningdek, prezidentlar harbiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohadagi kelişuvlarni muhokama etişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, Hamdöstlik doirasidagi hamkorlik istiqbollari va Davlat rahbarlari kengaşining bölajak majlisiga tayyorgarlik köriş jarayonini muhokama qiliş uçun Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya 10 oktabr kuni Rossiyaning Soçi şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan yiğilişda qatnaşadi.













